Osiyo chempionati: Bugun O`zbekiston U-16 termasi KXDRga qarshi o`ynaydi

08:25, 23 sentabr

Bugun 23-sentyabr kuni o`smirlar o`rtasidagi Osiyo chempionatining “D” guruhida 3-tur o`yinlari bo`lib o`tadi. Toshkent vaqti bilan 18:30 da KXDR U-16 – O`zbekiston U-16va Tailand U-16 – Yaman U-16 uchrashuvlari start oladi.

Agar O`zbekiston U-16 guruh g`olibi bo`lsa, chorak finalda Iroq o`smirlariga qarshi o`ynaydi. Agar guruhda ikkinchi o`rinni qo`lga kiritsa, chorak finaldagi raqibi – Ummon o`smirlari bo`ladi.

“D” guruhida O`zbekiston va Shimoliy Koreya terma jamoalari ikkinchi turdan so`ng chorak final yo`llanmasini qo`lga kiritib bo`lgan.

Ta`kidlash kerakki, KXDR U-16 – O`zbekiston U-16 bellashuvi “Sport TV” orqali jonli efirda uzatiladi. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!