Karamning 9 foydasi

10:19, 23 sentabr

•  Agar sizni tomoq og`rig`i, achishishi yoki ovoz bo`g`ilib qolishi bilan bog`liq muammolar qiynasa, yarim stakan karam sharbatiga teng miqdorda qaynatilgan suvni qo`shing-da, g`arg`ara qiling. Karam nafas yo`llaridagi infeksiyani bartaraf etib, yallig`lanishni tuzatadi. 

•  Boshingiz og`riyaptimi? Ikkita karam bargini iliq suvda chayib, peshonangizga qo`ying. So`ng qo`l kafti bilan bosib turing. 15-20 daqiqa ichida og`riq tarqaydi. 

•  Revmatizm og`riqlarida ham karam bargidan foydalanish mumkin. Bunda bezovtalik mavjud sohaga uning bargini bog`lab qo`ysangiz kifoya. Muammodan tezda halos bo`lasiz. 

•  Ovqat tayyorlayotib qo`lingizni kuydirib oldingiz. Teri yuzasida dog` paydo bo`lmasligi uchun o`sha joyga karam bargini qo`ying. Teri achishishini to`xtatib, .

•  Bordiyu sizni qabziyat bezovta qilsa, har kuni karam qo`shilgan salat eyishga odatlaning. Bu poliz ekini tarkibida ichaklar faoliyatiga ijobiy ta`sir ko`rsatadigan birikmalar juda ko`p. 

•  Oshqozonda ovqat yaxshi hazm bo`lmasa, karamning o`zini xomligicha iste`mol qiling. Ammo me`yorida. Bu poliz ekinidan ajraladigan sharbat oshqozon faoliyatini normallashtish xususiyatiga ega. 

•  Aterosklerozda quyidagi resept tavsiya etiladi: yarim stakan karam sharbatiga 1 osh qoshiq limon sharbati va 1 choy qoshiq asalni aralashtiring. Tayyor aralashmani bir kunda ikki mahal qabul qiling. har safar yangidan tayyorlash kerakligini unutmang. 

•  Bu poliz ekini uyqusizlikda ham davo bo`ladi. Uyquga yotishdan 2 soat oldin yarim stakan karam sharbatiga ta`bga ko`ra asalni aralashtirib, iching. Muolaja bir necha kun davom etgach, uyqungiz me`yorlashadi. 

Eslatma: tavsiyalarni qo`llashdash avval davolovchi shifokoringiz bilan maslahatlashing. Zero, har bir organizm o`ziga xosdir.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!