24 sentyabr kuni Toshkentning ayrim ko`chalarida harakat cheklanadi

10:51, 23 sentabr

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 11 dekabrdagi  bayoni bilan  tasdiqlangan  “O`zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo`shimcha chora-tadbirlar Dasturi” hamda  Toshkent shahar hokimining “Toshkent shahrida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oirishga qaratilgan chora-tadbirlar to`g`risida”gi farmoyishiga binoan Toshkent shahrida yoshlar o`rtasida sog`lom turmush tarzini targ`ib qilish, velosport turini ommalashtirishga qaratilgan “Kamolot - Tur” IX yoshlar velomarafoni o`tkazilishi belgilangan.

Shu munosabat bilan, xarakat xavfsizligini ta`minlash maqsadida  joriy yilning 24 sentyabr kuni soat 9:00dan 11:00ga qadar Abdulla Qodiriy ko`chasi (Yunusobod tumani, S-5 mavzesi)dan Qorasaroy ko`chasigacha bo`lgan ko`chalar  (Sharof Rashidov, Shayxontohur, Abay, Sebzor, Qorasaroy ko`chalari)da harakatlanish cheklanadi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.   

Toshkent shahar hokimligi ushbu cheklanishlar tufayli yuzaga keladigan  noqulaychiliklar uchun oldindan uzr so`raydi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!