Javohir Zokirov o`zi haqidagi eng yoqimsiz mish-mish haqida gapirdi

11:29, 23 sentabr

Aktyor Javohir Zokirov “Darakchi” gazetasining “Qisqa va lo`nda” loyihasida ishtirok etdi va ko`plab qiziqarli savollarga javob berdi. 

Xususan aktyor o`zi haqida tarqalgan eng eqimsiz mish-mish haqida shunday deydi: 

“Afsuski, mashhurlar haqida turli gap-so`zlar tarqalishi odatiy holga aylanib boryapti. Bu juda yomon. Ko`p yillik ijodiy faoliyatimda men haqimda ham bo`lar-bo`lmas, yolg`on va yoqimsiz xabarlarni tarqatishgan. Ulardan eng yomoni meni giyohvand deyishgani. Yaxshi bilmagan kishisi haqida tuhmat gaplar tarqatadiganlarga insof bersin”. 

Loyihaning to`liq talqinini “Darakchi” gazetasining 38-sonida o`qishingiz mumkin.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!