Rayhon Ulasenova: “Farzandlarim tarbiyasini enagalarga ishonmayman”.

12:20, 23 sentabr

“Darakchi” gazetasi 2016 yil — Sog`lom ona va bola yili uchun maxsus   “Ona va bola” loyihasini e`tiboringizga havola etadi. Loyihaning navbatdagi mehmoni aktrisa va boshlovchi Rayhon Ulasenova.

  “Oilamizning yangi mehmoni”
— Kichkintoyimizni bolalarim juda intizorlik bilan kutishgandi. Ayniqsa, qizim har safar yonimga kelib, tug`ilajak qizim bilan gaplashib turardi. Lekin Maryamxon tug`ilgandan keyin katta qizim Mohinur o`zgarib qoldi. Chunki oilada eng kichkinasi edi-da. Maryamxondan so`ng bu “o`rinni” unga topshirishga majbur bo`ldi. Bunday paytlarda uning ko`ngliga qarashga, unga ham e`tiborni kamaytirmaslikka harakat qildim. Hozir esa Mohinur oiladagi muhitga ancha ko`nikib qoldi. 

“Enagaga ishonmayman”
— Enagalarning eng zo`ri bu — BUVIJONLAR! Eng yaxshi enaga, eng yaxshi boquvchi va eng yaxshi tarbiya beradiganlar ham aynan ular. To`g`ri, ba`zida haddan tashqari erkalatib yuborishlari ham mumkin. Axir “Danagidan mag`zi shirin” deyishadi-ku. Lekin shunday bo`lishiga qaramasdan ular doim oqilona fikr yuritishadi. Ularning bola tarbiyasida bizdan ko`ra tajribasi ancha katta. Jumladagan, mening onajonlarim ham. Ular bilan bir narsani kelishib olganmiz: bola noto`g`ri ish qilsa va ularga kattalardan kimdir tanbeh bersa, hech kim aralashmaydi. Chunki bola kimningdir qo`llab-quvvatlashini bilsa, tanbehlarni qulog`iga olmaydi. Shuning uchun ham biz kattalar bola bilan bo`ladigan munosabatlarda ana shunday yozilmagan qoidalarga amal qilamiz. 

Loyihaning to`liq talqinini “Darakchi” gazetasining 38-sonida o`qishingiz mumkin.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!