«Sentyabr» salati

12:27, 23 sentabr

To`yimli va mazali egulik!

Zarur masalliqlar: 400 gr. qaynatilgan go`sht, 200 gr. marinadlangan qo`ziqorin, 6 dona qaynatilgan kartoshka, 5 dona qaynatilgan tuxum, 1 bosh piyoz, salat bargi, ko`katlar, tuz, mayonez.

Tayyorlanishi: 1. Qaynatilgan kartoshka va go`shtni maydalab to`rtburchak shaklda to`g`rang.

2. Piyozni maydalang, qaynatilgan tuxumni katta tishli qirg`ichdan o`tkazing. Marinadlangan qo`ziqorin va salat bargini ham bo`laklarga bo`ling.

3. Barcha mahsulotlarni aralashtirib, mayonez solib aralashtiring. Tuz va maydalangan ko`katlar sepib, dasturxonga torting.

Tayyorlanish vaqti: 15 daqiqa.

4 kishilik. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!