“Arsenal” yarim himoyachisi klub afsonasi Terri Anrining golini takrorladi (Video)

12:55, 23 sentabr

“Arsenal” jamoasi afsonasi Terri Anri 2000 yilda “Manchester Yunayted” darvozasiga zargarona tarzda amalsha oshirilgan o`ta chiroyli gol kiritishga muvaffaq bo`lgandi.

Fransiyalik futbolchining o`sha goli muxlislar yodida hamon saqlanib kelmoqda. Anri futbolchilik faoliyatini yakunlaganiga ancha yillar o`tdi. “To`pchilar”ning ayni damdagi yarim himoyachisi Santi Kasorla klub afsonasining o`sha golini takrorlashga urinib ko`rdi.

Guvohi bo`lganingizdek, ispaniyalik futbolchi Anri tarzida kiritilgan golni ikkinchi urinishida amalga oshirdi. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!