Behining 9 foydali xususiyati

13:42, 23 sentabr

1.  Behi asabni tinchlantiruvchi eng zo`r vosita. Ayniqsa, bolalarda tushkunlik holati kuzatilsa, ushbu mevadan va sharbatidan ko`proq iste`mol qilishsin. Behi kishini stressdan qutqarib, kuch bag`ishlaydi.

2.  Gripp, shamollash va yo`talda foydali. Bitta behining ichini o`yib, 1-2 osh  qoshiq asal soling. Qasqonda, bug`da pishirib, tanovul qiling.

3.  Kuniga 100 gr. behi mevasidan iste`mol qilish kamqonlikda foydali, yurak xastaliklarining oldini oladi.

4.  Behi urug`i qaynatilgan suv bilan angina bezovta qilganda tomoqni g`arg`ara qilish, ko`zlarni chayish mumkin.

5.  Bronxial astmada behi daraxti barglarini qaynatib ichish naf beradi. Buning uchun 200 ml. qaynatilgan suvga 6 ta bargni solib, yarim soatcha qaynating. Damlamadan kuniga 3-4 mahal ovqatlanishdan oldin 2 osh qoshiqdan iching.

6. 1 dona tuxum oqini ko`pirtirib, unga 1 tomchi spirt va 2 osh qoshiq behi suvini qo`shing. Ushbu aralashma bilan yog`li yuzlarni tozalash mumkin.

7. Yarimta behini qirg`ichdan o`tkazib, 2 osh qoshiq qaymoq qo`shing-da, yuz va bo`yin sohangizga surting. Yarim soatdan so`ng iliq suv bilan niqobni yuvib tashlang. Bu terini vitaminlarga to`yintirib, sovuq kunlarda sizga asqotadi.

8. Yuzdagi ajinlarni behi bo`lagi bilan massaj qilish mumkin.

9. Behi bargi yoki urug`i qaynatilgan suvda sochlarni chayish qazg`oqlardan xalos etadi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!