Afrikadagi eng badavlat kishi “Arsenal” klubini sotib olmoqchi

15:10, 23 sentabr

Nigeriyalik milliarder Ali Dangote yaqin yillar ichida Londonning “Arsenal” klubini sotib olishini ma`lum qildi, deb xabar bermoqda iSport.ua nashri.

Dangote boyligi 10,9 milliard evroga baholanmoqda va u Afrika qit`asining eng badavlat insoni hisoblanadi.

“Arsenal” klubini sotib olishimga shubha yo`q. Bu muammo emas – pul bor. Bunga bir necha yil ketishi mumkin. Hozir esa qiladigan ishlarim ko`p”, – dedi Ali Dangote.

“Arsenal”ni sotib olishdan maqsad – uni yangi bosqichga olib chiqish. Biznesni boshqara olishimni bilganim uchun futbol klubini ham boshqara olishimga ishonaman”, – deya qo`shimcha qildi milliarder.

Dangote 1980 yillardar buyon “Arsenal”ga muxlislik qiladi. O`tgan yili Nigeriyada davlat valyuta kursi tushib ketgani uchun Ali 4,4 milliard dollar yo`qotdi va yil davomida eng ko`p pul yo`qotgan kishilar orasida to`rtinchi o`rinni egalladi. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!