Toshkent madaniyat kollejida kitob yarmarkasi tashkil etildi

15:37, 23 sentabr

“Kitob olami” madaniy-ma`rifiy savdo majmuasi tomonidan Toshkent madaniyat kollejida “Kitob – beminnat ustoz” deb nomlangan kitob yarmarkasi o`tkazildi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.   

“Sog`lom ona va bola yili” Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta`minlash maqsadida tashkil etilgan tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, ta`lim muassasalari rahbarlari, yozuvchi va shoirlar, o`qituvchilar va talaba-yoshlar ishtirok etdi. 

“Kitob olami” madaniy-ma`rifiy savdo majmuasi tomonidan navqiron avlodning kitobga qiziqishini oshirish, yosh avlodning ma`naviyatini yuksaltirish, ularni vatanparvarlik, milliy an`ana va qadriyatlarga hurmat ruhida kamol toptirish maqsadida bir qator ijtimoiy aksiyalar, yozuvchi va shoirlar bilan ijodiy uchrashuvlar, yangi asarlar taqdimoti, kitob bayramlari, adabiyot haftaliklari, ma`rifiy tadbirlar o`tkazib kelinmoqda. 

Yarmarka doirasida o`tkazilgan “Kitob va maktab”, “Kitob va hunar”, “Kitob va sport” aksiyalarida yoshlar faol qatnashdi. Aksiyalar davomida kitob savdosi yarmarkalari o`tkazildi. Ta`lim dargohlariga kitoblar jamlanmasi etkazib berilib, kutubxona fondi boyitildi. Bu kabi tadbirlar Toshkent viloyatidagi ta`lim dargohlarida ham olib borilmoqda.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!