«Tilning oqarishi nimadan?»

16:35, 23 sentabr

O`g`lim to`rt yosh. Tilining yuzasi bilinar-bilinmas darajada oqarib qolgan. Ammo hech qanday bezovtaligi yo`q. Bu nimaning alomati bo`lishi mumkin?

Sitora Olimova, Jizzax viloyati 


Tilning oqarishi oshqozon – ichaklar traktidagi muammolar, disbakterioz (antibiotiklar qabul qilgandan keyin), enterobioz sababli kelib chiqishi mumkin. Agar oqarish tildan boshqa sohalar, ya`ni og`iz bo`shlig`ining boshqa qismlarida ham mavjud bo`lsa, stomatit belgisiga tahmin qilinadi. Tilning yon tarafidagi oqarish nafas a`zolari kasalliklari asoratida yuzaga keladi. Barcha holatlarda ham pediatr yoki bolalar gastroenterologiga murojaat qiling.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!