Italiyalik fuqaro samolyotda semiz hamroh bilan yonma-yon o`tirgani uchun aviakompaniyani sudga berdi

16:54, 23 sentabr

Italiyalik fuqaro Emirates  aviakompaniyasini sudga berdi. Bunga sabab qilib esa uni samolyotda ortiqcha vazndan aziyat chekayotgan yo`lovchi bilan yonma-yon o`tirganini ko`rsatmoqda, deb yozadi “Vesti”.

Italiyalik Jorjio Destroning aytishicha, semiz hamroh tufayli uning Keyptaundan Dubayga parvozi yoqimsiz kechgan.  

Destro 9 soat mobaynida o`tish yo`lakchasida tik oyoqda turgan, bortkuzatuvchilarining joyi bo`sh paytida u erga o`tirgan. Oxir-oqibat parvoz so`ngida vaziyatga taslim bo`ldi va semiz hamrohi yarmini egallagan joyiga o`tirdi. 

U qanday shart-sharoitlarda uchganini isbotlash uchun selfiga ham tushdi. 

Italiyalik fuqaro aviakompaniyadan 2759 evro miqdorida kompensasiya talab qilmoqda. 

Holat bo`yicha sud ishi 20 oktyabrga belgilangan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!