O`zbekistonda havo harorati qachondan pasayishi ma`lum bo`ldi

17:01, 23 sentabr

Avval xabar berganimizdek, Turkmanistondan kirib kelayotgan issiq havo oqimi sababli O`zbekistonda havo harorati keskin ko`tarildi.

Kuni kecha O`zbekistonning ikkita shahrida meteokuzatuvlar tarixidagi eng issiq harorat qayd etildi. Xususan, Termizda 22 sentyabr kuni termometr ko`rsatkichi +39 ˚C (!) ko`rsatdi. Bu 1980 yilda o`rnatilgan maksimumdan 0,4 daraja yuqori. 

Yuqori harorat Nukus shahrida ham kuzatildi. 22 sentyabr kuni maksimal harorat +34,8 ˚C tashkil qildi, bu 2005 yilda o`rnatilgan rekorddan 1 daraja yuqori.

O`zgidrometning Darakchi.uz'ga bergan ma`lumotlariga ko`ra, iliq harorat bir necha kun saqlanib turadi, 26-27 sentyabrdan esa termometr ko`rsatkichi pasayishni boshlaydi. 

25 sentyabr kuni Qoraqalpog`istonda yomg`ir yog`ish ehtimoli bor.

Poytaxtda havo harorati 25-26 sentyabr kuni tunda 15-20˚C, kunduzi 31-36, 27-28 sentyabr kunlari tunda 13-18˚C, kunduzi 28-33 ˚C tashkil qildi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!