Osiyo chempionati: O`zbekiston U-16 termasi KXDR o`smirlarini mag`lub qilib, guruhda 1-o`rinni egalladi

20:48, 23 sentabr

Hindistonda davom etayotgan 16 yoshgacha bo`lgan futbolchilar o`rtasidagi Osiyo chempionati guruh bosqichi yakunlandi. Guruh bosqichining so`nggi o`yinida O`zbekiston o`smirlar termasi KXDRlik tengdoshlari bilan o`zaro bahs olib bordi.

Qiziqarli va gollarga boy kechgan o`yinda vakillarimiz 3:1 hisobida zafar quchishdi. Dastlabki bo`limda hisob ochilmagan bo`lsa-da, ikkinchi bo`lim gollarga boy bo`ldi.

O`yinning 49-daqiqasida darvozabon Jasurbek Umrzoqov gol muallifiga aylandi. 62-daqiqada Rasul Yo`ldoshev hisobni oshirdi. 68-daqiqaga kelib jsa Ibrohim G`anixonov hisobni yirik ko`rinishga olib keldi.

75-daqiqada KXDR U-16 termasi hisobni qisqartirishga muvaffaq bo`ldi va ushbu gol o`yinda so`nggisi bo`ldi. Guruh bosqichida barcha o`yinlarda zafar quchgan O`zbekiston o`smirlar termasi 9 ochko bilan “D” guruhida 1-o`rin bilan pley-off bosqichiga chiqdi.

Navbatdagi bosqichda Temur Olimxo`jaev shogirdlari Iroq o`smirlar termasiga qarshi bahs yuritadi.

U-16 Osiyo chempionati

“D” guruhi, 3-tur

KXDR U-16 – O`zbekiston U-161:3

Gollar: Jasurbek Umrzoqov 49, Rasul Yo`ldoshev 62, Ibrohim G`anixonov 68, Ri Kang Guk 75

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!