O`FF prezidenti davlat mukofoti bilan taqdirlandi

09:13, 24 sentabr

O`zbekiston futbol federasiyasi prezidenti Mirabror Usmonov O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga ko`ra «O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan yoshlar murabbiysi» unvoniga sazovor bo`ldi.

So`nggi yillarda mamlakatimizda sport sohasini rivojlantirishga qaratilayotgan keng ko`lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Buning natijasida o`zbekistonlik sportchilar so`nggi yillarda sportda yuksak natijalarga erishmoqdalar va mamlakatni dunyoga tanitmoqdalar. Ayniqsa, Rio-de-Janeyroda bo`lib o`tgan Olimpiada o`yinlarida, dunyoning eng yaxshi natija ko`rsatgan mamlakatlari qatoriga kira oldi.

Mazkur o`yinlarda o`zbekistonlik sportchilar katta matonat va mahorat ko`rsatib, mamlakatimizni dunyoga tanitishga ulkan hissa qo`shishdi. Buning natijasida, dunyoning eng kuchli davlatlari qatoridan munosib o`rin egallaganligi hamda Vatanimizning jahon miqyosidagi shon-shuhratini yuksaltirishga salmoqli hissa qo`shganligi, yurtimizda sportni keng ommalashtirish, yosh avlodni milliy g`urur va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlaridagi katta xizmatlari uchun bir qator sportchilar, murabbiylar O`zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga ko`ra yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlanishdi

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!