O`ziga ishongan kishining 6 odati

09:28, 24 sentabr

1.  “Och qornim, tinch qulog`im” qabilida ish ko`rmang

Kishining ishonchini orttiradigan eng zo`r vosita – harakat qilishdir. Bu harakat turli qaltis qarorlardan, tavakkallardan iborat bo`lishi mumkin. Biroq undan qo`rqsangiz, chegaralarni buzishingiz amri mahol.

2. Mag`lubiyatlardan ko`nglingiz cho`kmasin

Omadsizliklarni azobu uqubatga tenglashtirmang,  o`zingizni tahlil qilish, kamchiliklaringizni ko`rish imkoni deb qabul qiling. Kishi vaziyatga munosabatini o`zgartirar ekan, u, albatta, ruhan o`sadi.

3. Nutqingizni nazorat qiling

O`ziga ishonchi baland kishilar o`zlari haqlarida yomon so`z aytmaydilar,  hatto, kamtarlik yuzasidan ham. 

4. O`zingizni ayblamang

Aybdorlik hissidan xalos bo`lish uchun xar bir qilgan xatongiz uchun 3 tadan yaxshi ishlaringizni eslang. Bu o`zingiz haqingizdagi yomon fikrlarni haydashga yordam beradi.

5. Hayotdan ilhom izlang

O`ziga ishongan kishilar kitob o`qishadi, o`zlari egallashni istagan sohadaning etakchi vakillari bilan suhbatlashib, ularning tajribalarini o`rganadilar. Ojiz tomonlarini boshqalar bilishidan uyalishmaydi. Siz ham ular qatoridamisiz?

6. Viqor bilan harakatlaning

Oddiygina misol, bir necha daqiqa elkalarni tik tutib o`tirishning o`ziyoq kishiga qancha ishonch bag`ishlaydi. Boshni baland ko`tarib yurishni esa gapirmasa ham bo`ladi. Shuningdek, kishilar bilan suhbatlasha turib, ularning so`zlarini tasdiqlagandek boshingizni sarak-sarak qilib turing. Bu signal atrofdagilarni fikringizga qo`shilishga undaydi. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!