Temur Olimxo`jaev: Biz barcha o`yinda g`alaba uchun maydonga tushamiz

10:04, 24 sentabr

O`smirlar o`rtasidagi Osiyo chempionati “D” guruhi 3-tur KXDR U-16 – O`zbekiston U-16 (1:3) o`yinidan keyin o`tkazilgan matbuot anjumanida ishtirok etgan O`zbekiston U-16 bosh murabbiyi Temur Olimxo`jaev uchrashuv haqidagi fikrlari bilan o`rtoqlashdi.

"Bugun guruhning eng kuchli jamoasi g`alaba qozondi va ushubu guruh g`olibiga aylandi.  Biz barcha o`yinda g`alaba uchun maydonga tushamiz.  Chorak final yo`llanmasini qo`lga kiritganimiz uchun bir necha futbolchiga dam olishi uchun imkoniyat yaratdik. Tarkibdagi o`zgarishlarga qaramay g`olib bo`lish uchun o`ynadik va buni amalga oshirdik.

Rasul Yo`ldoshevga biroz dam berdik, biroq, chorak final oldidan, o`yin tonusini saqlab turishi uchun zaxiradan maydonga tushirdik.  Oston O`runov - jamoa etakchilaridan va eng muhim futbolchilaridan biri. U keyingi bosqichlarda o`zini yana ham yaxshi tomondan ko`rsatadi", - deydi Temur Olimxo`jaev.

Eslatib o`tamiz, chorak finalda O`zbekiston o`smirlar termasi Iroq U-16 jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Ushbu uchrashuv 26 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan 18:30 da boshlanadi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!