O`z olmangizni tanlang!

10:15, 24 sentabr

Buni qarangki, olma nafaqat kishiga salomatlik, tetiklik bahsh etuvchi, balki, ruhiyatdan so`zlovchi ajoyiib meva ham ekan. Suratdagi olmalardan birini tanlab, testning javobini o`qing. 

  1. Siz uchun vijdon pokligi har narsadan ustun. Ikkiyuzlamachilikka umuman tobingiz yo`q. Boricha bo`lishdan uyalmaydigan kishilar toifasidansiz. Hayotiy falsafangiz esa tushkunlikka tushib qolganingizda ham taslim bo`lmaslikka undaydi. Behudaga  tashvishlanmaslikning o`zi baxt ekanini yaxshi anglaysiz. Ayniqsa, o`z qo`llaringiz bilan daraxtdan uzib olgan sarhil olma siz uchun baridan a`lo.
  2. Sho`x-shaddodsiz. Ochiq chehrangiz atrofdagilarni ohanrabodek jalb etadi. Sarguzashtlarsiz hayot siz uchun zerikarli va rangsiz. Mag`rur va o`ta zamonaviy ayollar toifasiga mansubsiz. Yangi va noodatiy narsalar darhol e`tiboringizni jalb etadi. Olmali xo`rozqand esa jonu dilingiz.
  3. Ajoyib insonsiz, garchi o`zingizni qiziqarli kishilardan sanamasangizda, atrofingizdagilar fikringizga qo`shilishmaydi. Sizdagi hayotga bo`lgan ishonch, tasavvur olamingizning boyligi, ko`pchilikni ilhomlantiradi, yaxshilikka undaydi. Kishilarning ishonchini qozonishda sizga teng keladigani yo`q. Yaqinlaringiz bergan maslahatlaringizga so`zsiz amal qiladilar. Olmadan tayyorlangan pirogni juda yoqtirasiz. 
  4. Yaqinlarinigizning ishongan tog`isiz. Fikrlaringiz, hayollaringiz va hatto tuyg`ularingizda ham og`ir-vazminlikni saqlab qolgansiz. Biroz tortinchoqlik ham sizga begona emas. Odatda gapirishdan ko`ra eshitishni afzal bilasiz. Va bu uyg`unlikning buzilishni hayolingizga ham keltirmaysiz. Yodingizda bo`lsin, salomatligingiz uchun olma sharbati juda foydali. 
  5. Hayotdan bahramand bo`lib yashaydigan kishilardansiz. Hatto sarguzasht izlab yurishingizga ham xojat yo`q, dunyoning jamiki qiziq narsalari borki, siz tomon intiladi. Har bir kunning qadriga etish fazilatingiz maqtovga loyiq. Sizni olmali pecheneni yoqtiruvchi kishilar qatoriga qo`shish mumkin.
  6. Donosiz! Ziyrakligingiz ko`pchilikni hayron qoldiradi. Garchi hayotda u qadar so`zomol bo`lmasangiz-da, zarurat tug`ilganda barchaning e`tiborini tortish qo`lingizdan keladi. ham quvnoq, ham aqilli insonsiz. Yangi uzilgan suvli olma sizga juda yoqadi. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!