Fransiya chempioni mavsumdagi ikkinchi mag`lubiyatini qabul qilib oldi (Video)

10:48, 24 sentabr

Fransiya chempionati 7-tur dastlabki o`yinida Fransiyaning amaldagi chempioni – “PSJ” safarda “Tuluza” mehmoni bo`ldi.

Murosasiz kechgan o`yinda paridliklar kutilmaganda 0:2 hisobida mag`lubiyatga uchradi. 48-daqiqada Bodijer penaltidan hisobni ochgan bo`lsa, Durmaz 79-daqiqada hisobni oshirib, “Tuluza”ning g`alabasiga hissa qo`shdi.

Ushbu mag`lubiyat “PSJ” uchun mavsumdagi ikkinchisi bo`ldi.

“Tuluza” – “PSJ” 2:0

Gollar: 1:0 – 48, penalti Bodijer, 2:0 – 79 Durmaz.

“Tuluza” – Lafon, Mishlen, Jyulen, Diop, Silla, Bodijer (Pi, 82), Blen, Yago, Mubanje, Toyvonen (Durmaz, 65), Eduar (Trexo, 57).

“PSJ” – Areolya, Tiago Silva, Maksvell, Ore, Markinos, Matyuidi (Motta, 70), Krixovyak, Lukas Moura (Pastore, 57), Rabo (Ogyusten, 79), Di Mariya, Kavani.

Ogohlantirishlar: Ore (24), Toyvonen (39), Yago (45), Motta (75), Durmaz (81).

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!