Andijonda birovning Lacetti`sini olib qochgan shaxs qo`lga olindi

11:28, 24 sentabr

Andijon shahar IIB navbatchilik qismiga shu shaharda yashovchi fuqaro ariza bilan murojaat qilib, o`zining “Lasetti” rusumli avtomobili noma`lum shaxs tomonidan olib qochib ketilgani haqida xabar qilgan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV Matbuot xizmati xabar bermoqda

Voqea joyiga etib kelgan ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan aniqlanishicha, ariza muallifi avtomashinasini B.Rahimov ko`chasida joylashgan savdo do`koni oldida qarovsiz qoldirganligi oqibatida olib qochib ketilganligi ma`lum bo`lgan.

Tezkorlik bilan olib borilgan chora-tadbirlar natijasida olib qochilgan avtomashina Farg`ona viloyati Dang`ara tumanida to`xtatildi. Jinoyatni sodir etishda gumonlanuvchi shaxs Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida yashovchi 21 yoshli fuqaro bo`lib chiqdi. Mazkur holat bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!