Xitoyda 31 barmoqli chaqaloq tug`ildi

13:02, 24 sentabr

Xitoy janubida 31 ta barmoqlari bo`lgan mutant-chaqaloq tug`ildi. Shifokorlarning so`zlariga ko`ra, mutasiyani nasliy omillar keltirib chiqargan bo`lishi mumkin. Bu haqda “Vesti” xabar bermoqda
 
Chaqaloqning oyoq kafti va qo`l panjasi operasi qilinadi, shuningdek ortiqcha barmoqlari olib tashlanadi. 16 yoshgacha bolakay shifokor nazoratida bo`ladi. 
 Chaqaloqning qo`llarida 15 ta, oyoqlarining har birida esa 8 tadan barmoq bor. 

Qo`l panjasidagi barmoqlar ham o`z shaklini yo`qotgan. Shifokorlar bolaning boshqa jiddiy kasallik bilan og`riganini taxmin qilmoqda.

Jarrohlar boa maktabga borguniga qadar barcha jarrohlik amaliyotlarini yakuniga etkazmoqchi. 

Polidaktiliya yoki ko`pbarmoqlilik—keng tarqalgan anatomik kasallik bo`lib, har besh ming nafar go`dakdan birida uchraydi. 

Opra Uinfri va Xelli Berri kabi mashhurlar ham mana shu kasallik bilan tug`ilgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!