APL. "Manchester Yunayted" yirik hisobda "Lester"ni mag`lubiyatga uchratdi

18:24, 24 sentabr

Angliya chempionati 6-turida "Manchester Yunayted" jamoasi o`z maydonida Angliya chempioni — "Lester" futbolchilarini qabul qildi. Qiziqarli va gollarga boy kechgan o`yinda "qizil iblislar" 4:1 hisobida zafar quchdi. 

O`yinning 22-daqiqasida Kris Smolling hisobni ochdi. 37-daqiqadan 42-daqiqagacha bo`lgan vaqt oralig`ida mezbonlar uchta gol kiritdi. Ularga Xuan Mata, Markus Reshford va Pol Pogba mualliflik qildi. 

O`yindagi so`nggi gol zaxiradan maydonga tushgan Demoray Grey kiriti. Yakuniy hisob — 4:1. 

“Manchester Yunayted” – “Lester” 4:1

Gollar: 1:0 – 22 Smolling, 2:0 – 37 Mata, 3:0 – 40 Reshford, 4:0 – 42 Pogba, 4:1 – 59 Grey.

“Manchester Yunayted” – De Xea, Valensiya, Smolling, Bayi, Blind, Lingard (Kerrik, 78), Pogba, Errera, Mata (Yang, 87), Reshford (Runi, 83), Ibragimovich.

“Lester” – Siler, Morgan, Fuks, Simpson, Xut, Drinkuoter, Amarti, Olbrayton (Shlupp, 61), Marez (King, 46), Vardi (Grey, 46), Slimani.

Ogohlantirishlar: Xut (50), Simpson (74). 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!