APL. “Manchester Siti”dan ishonchli, “Liverpul”dan yirik g`alaba

21:10, 24 sentabr

Angliya chempionati 6-turidan o`rin olgan “Suonsi” – “Manchester Siti” hamda “Liverpul” –– “Xall Siti” o`rtasidagi uchrashuvlar o`z poyoniga etdi.

“Manchester Siti” safarda “Suonsi”ni 3:1 hisobida mag`lubiyatga uchratib, chempionat doirasida qatorasiga oltinchi g`alabani qo`lga kiritdi. Ayni damda Pep Gvardiola shogirdlari 18 ochko bilan APLning mutlaq peshqadami bo`lib turibdi.

“Suonsi” – “Manchester Siti” 1:3

Gollar: 0:1 – 9 Aguero, 1:1 – 13 Lorente, 1:2 – 65, penalti Aguero, 1:3 – 77 Sterling.

“Suonsi” – Fabianski, van der Xorn, Noton, Ranxel, Amat, Britton (Baston, 79), Kork (Ki Son En, 73), Fer, Sigurdsson, Rautledj (Barrou, 73), Lorente.

“Manchester Siti” –  Bravo, Stounz, Kolarov, Sanya (Sabaleta, 78), Otamendi, Gyundogan (Fernando, 68), Fernandino, Silva, Sterling, de Bryuyne (Navas, 82), Aguero.

Ogohlantirishlar: Sanya (31), Fernandino (37), Amat (58), van der Xorn (64), Sterling (77).

“Liverpul” esa o`z maydonida 10 kishi bo`lib qolgan “Xall Siti”ni 5:1 hisobida taslim qildi va 13 ochko bilan uchinchi o`ringa ko`tarilib oldi.

“Liverpul” – “Xall” 5:1

Gollar: 1:0 – 17 Lallana, 2:0 – 30, penalti Milner, 3:0 – 36 Mane, 3:1 – 51 Meyler, 4:1 – 52 Koutino, 5:1 – 71, penalti Milner.

“Liverpul” – Karius, Matip, Klavan, Klayn, Koutino (Gruyich, 74), Lallana (Starridj, 69), Firmino, Veynaldum, Mane, Xenderson (Jan, 74), Milner.

“Xall” – Marshall, Al-Muxammadi, Devis, Robertson, Meyson (Xenriksen, 73), Klukas, Xaddlstoun (Maguayr, 46), Livermor, Snodgrass, Ernandes, Diomande (Meyler, 33).

Ogohlantirishlar: Xaddlstoun (7), Milner (19), Meyson (37).

Chetlatish: Al-Muxammadi (29).

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!