La Liga. “Barselona” safarda “Sporting Xixon” klubini yirik hisobni taslim qildi

21:46, 24 sentabr

Ispaniya chempionati 6-turida “Barselona” jamoasi safarda Xixonning “Sporting” klubi mehmoni bo`ldi. Unda 0:5 hisobi qayd etilib, kataloniyaliklar foydasiga hal bo`ldi.

Uchrashuvning 29-daqiqasida Luis Suares hisobni ochgan bo`lsa, Rafinya 32-daqiqada hisobni oshirdi. O`yin yakunida Neymar dubl qayd etdi. Shuningdek, Arda Turan ham o`z nomini tabloga yozdirdi.

Shu tariqa, Luis Enrike jamoasi ishonchli va yirik g`alabani tantana qildi. Ayni damda kataloniyaliklar 13 ochko bilan birinchi o`ringa chiqib oldi. Ammo “Real” hali ushbu turdagi o`yinini o`tkazmadi.

“Sporting” Xixon – “Barselona” 0:5

Gollar: 0:1 – 29 Suares, 0:2 – 32 Rafinya, 0:3 – 81 Neymar, 0:4 – 85 Turan, 0:5 – 88 Neymar.

“Sporting” Xixon – Kuelyar, Xorxe Mere, Kastelyano, Lora, Amorebeta, Rodriges (Duglas Pereyra, 77), Kases, Gomes (Ndi, 68), Alvares, Burgi, Chop (Kastro, 68).

“Barselona” – ter Shtegen, Mate, Pike, Din, Andre Gomesh, Serdji Roberto, Rafinya, Buskets (Suares, 69), Turan, Neymar, Suares (Pako Alkaser, 72).

Ogohlantirishlar: Lora (9), Amorebeta (86).

Chetlatish: Lora (74). 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!