APL. “Arsenal” London derbisida “Chelsi”ni yirik hisobda mag`lub qildi

23:28, 24 sentabr

Angliya chempionati 6-tur markaziy o`yinida “Arsenal” jamoasi o`z maydonida “Chelsi” futbolchilarini qabul qildi. London derbisi maqomida o`tgan ushbu o`yinda 3:0 hisobida “to`pchilar” zafar quchdi.

G`oliblar safida Aleksis Sanches, Teo Uolkott va Mesut O`zil gol kiritishdi. “Arsenal” so`nggi 26 yilda birinchi marta “Chelsi”ni yirik hisobda taslim qildi. 2011 yildan buyon esa birinchi marta “pensionerlar” ustidan zafar quchdi.

“Arsenal” – “Chelsi” 3:0

Gollar: 1:0 – 11 Sanches, 2:0 – 14 Uolkott, 3:0 – 40 O`zil.

“Arsenal” – Chex, Mustafi, Monreal, Belerin, Koselni, Uolkott, Koklen (Jaka, 32), Sanches (Jiru, 79), O`zil, Ivobi (Gibbs, 69), Kasorla.

“Chelsi” – Kurtua, Keyxill, Aspilikueta, Ivanovich, David Luiz, Kante, Matich, Fabregas (Alonso, 55), Villian (Pedro, 70), Azar (Batshuayi, 71), Diego Kosta.

Ogohlantirishlar: Ivanovich (28), Diego Kosta (83). 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!