Neymar insoniy fazilati sababli muxlislar olqishiga sazovor bo`ldi (Video)

08:14, 26 sentabr

"Barselona" hujumchisi Neymar "Sporting Xixon" jamoasiga qarshi (5:0) uchrashuvda insoniylik namunasini ko`rsatib, xasta muxlisning mehrini qozondi.

Uchrashuvdan so`ng braziliyalik futbolchi raqib jamoaning Daun sindromi bilan xastalangan muxlisi yoniga kelib, o`z futbolkasini unga sovg`a qildi.

Neymarning bu ishi muxlislar va ko`plab insonlarning oliqishiga sazovor bo`ldi. Raqib jamoa muxlisi esa xursandchilikdan ko`z yoshlarini to`xtata olmadi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!