O`zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoev Navoiy va Buxoro viloyatlariga tashrif buyurdi

10:47, 26 sentabr

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi, bosh vazir Shavkat Mirziyoev 24 sentyabr kuni Navoiy va Buxoro viloyatlariga tashrif buyurdi.

Tashrif chog`ida u Navoiy viloyatining “Navoiyazot” AJda amalga oshirilayotgan yirik loyihalari bilan tanishdi.

Xususan Shavkat Mirziyoev ammiak va karbamid ishlab chiqarish zavodi qurilishi bo`yicha amalga oshirilayotgan yana bir yirik investision loyiha bilan tanishdi. Ushbu zavod qurilishi har yili 660 ming tonna ammiak va 577,5 ming tonna karbamid ishlab chiqarish imkonini beradi. Bu erda u yana bir muhim ob`ektga tashrif buyurdi  - zamonaviy energiya tejamkor texnologiyalarni tadbiq etgan holda yiliga 500 ming tonna azot kislotasini ishlab chiqarishni tashkil etish.

Shavkat Mirziyoev shuningdek Navoiy shahridagi obodonlashtirish, ko`kalamzorlashtirish yo`lida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishib, Navoiy bosh rejasini tadbiq etish, maishiy chiqindilarni utilizasiya qilish masalalarini muhokama qildi, bundan tashqari kam ta`minlangan oilalarga hamyonbop uylarni qurish masalalarini ham muhokamaga qo`ydi.

Navoiyga safar chog`ida Shavkat Mirziyoev paxta dalalarini ko`zdan kechirib, fermerlar bilan muloqotda bo`ldi.

Navoiy viloyati faollari bilan ushbu hududning eksport salohiyatini oshirish, ijtimoiy ob`ektlarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash, qishloq xo`jaligi mahsulotlarini g`amlash, kommunal xizmatlarni takomillashtirish masalalalari ko`rib chiqildi.

Shu kunning o`zida Shavkat Mirziyoev Qandim gazni qayta ishlash zavodida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida Buxoro viloyatiga tashrif buyurdi. Qiymati 2,6 mlrd AQSh dollar bo`lgan ushbu yirik investision loyiha Rossiyaning “Lukoyl” neft kompaniyasi bilan Koreyaning Hyundai Engineering va Singapurning ENTER Engineering kompaniyalarini jalb etgan holda amalga oshirilmoqda.

Loyihani amalga oshirilishi har yili 8,01 mlrd. Kub metri tabiiy gaz olish imkonini beradi.

Zavod ekspluatasiyasining ilk bosqichi 2018 amalga oshiriladi.

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!