Xitoyda 30 ta futbol maydoni kattaligidagi radioteleskop ishga tushirildi

11:23, 26 sentabr

Xitoyda dunyodagi eng katta radioteleskop ishga tushirildi. Bu haqda “Vesti” xabar bermoqda

Uning diametri 500 metrni tashkil etadi. Maydoni esa 30 ta futbol maydoni kattaligiga teng. 

Astronomlar uning yordamida erdan 11 milliard yorug`lik yili uzoqlikda joylashgan kosmik ob`ektlarni kuzatishni rejelashtirgan. 

Radioteleskop shuningdek, galaktikalar evolyusiyasi, erga oid bo`lmagan hayotni o`rganishda ham qo`llaniladi. Teleskopni qurish ishlari 2011 yilda boshlangan. Loyihaning narxi 180 million deb baholanmoqda.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!