Krishtianu Ronaldu yana zaxiraga olinganidan norozi bo`lmoqda (Foto)

11:25, 26 sentabr

“Real Madrid” klubi etakchisi Krishtianu Ronaldu Ispaniya chempionatida o`tkazgan so`nggi to`rt o`yinidan ikkitasida zaxiraga olindi va bu ko`pchilikda, xususan, futbolchining o`zida norozilikka sabab bo`ldi.

“Las-Palmas”ga qarshi kechgan va 2:2 hisobidagi jangovar durang bilan yakunlangan o`yinning 72-daqiqasida zaxiraga olingandi. Bu holat 31 yoshli futbolchiga yoqmadi va u norozilik bildirdi.  

Albatta, u bosh murabbiy Zinedin Zidanga hech nima demadi, ammo uning yuz holatidan buni aniqlash qiyin bo`lmadi.  

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!