Yo`lning o`tish qismida telefondan foydalangan piyodalar qancha jarima to`lashi ma`lum bo`ldi

12:03, 26 sentabr

O`zbekiston Respublikasining Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi Kodeksiga yo`l harakati qoidalarini buzgan piyodalar uchun jarimalarni ko`zda tutgan qo`shimcha kiritildi. Prezident v. b. 23 sentyabr kuni o`zgartishlar kiritish to`g`risidagi qonunga imzo chekdi. O`zgarishlar 24 sentyabrdan kuchga kiradi, deb yozadi “Gazeta.uz”.

Yangilangan 138-moddaga muvofiq, endilikda yo`lning harakatdagi qismida, shu jumladan, piyodalar o`tish yo`lida telefondan foydalanish, kitob yoki davriy nashrlarni o`qish, videomateriallar tomosha qilish yoki audiomateriallarni eshitish va diqqatni jalb qiladigan boshqa elektron vositalardan foydalanish eng kam ish haqining uchdan bir qismi (1 oktyabrdan — 49925 so`m) miqdorida jarima belgilanishiga sabab bo`ladi.

Yo`lovchilarning harakatlanib ketayotgan transport vositasidan tana qismlarini (qo`ldan tashqari) chiqargani uchun ham jarima miqdori belgilandi. Mazkur qoidabuzarlik EKIHning 1 barobari (1 oktyabrdan 149775 so`m) miqdoridagi jarimaga sabab bo`ladi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!