52 yoshda ham go`zal va jozibali Monika Belluchchi

12:21, 26 sentabr

Betakror chiroyi bilan taniqli italiyalik aktrisa Monika Belluchchi ijodi, oilasi, qizlari va go`zallik sirlari xaqida:

  1. «Go`zallik 2 xil vaziyatdagina muammo tug`dirishi mumkin, agar u yo`q bo`lsa yoki go`zallikdan boshqa xech narsang bo`lmasa. Mendan faqat rol uchun ozishni so`rashgandagina parhez qilaman. Qolgan paytlarda pissa va pastadan o`zimni tiymayman. Mening shiorim – egin, sevgin va yasha!»
  2. «Onalik baxtiga birinchi marta 40 yoshimda qizim Devani, ikkinchi marta 45 yoshimda Leona qizimni dunyoga keltirganimda musharraf bo`lganman».
  3. «Men hech qachon plastik jarrohlik muolajasiga murojaat qilmaganman».
  4. «Suzish va yoga bilan muntazam shug`ullanaman».
  5. «Turmush o`rtog`im, Vensan Kassel bilan «Xonadon» filmini suratga olishi jarayonida turmush qurganmiz. 19 yil baxtli umr kechirdik, ikki qizimning otasi u».
  6. «Meni ko`pincha ikkinchi Sofi Loren deb ham atashadi, bundan g`ururlanman ».
  7. «Men Rio-de-Janeyrodagi uyimni judayam yaxshi ko`raman. U erda ruhim tetiklashadi».
  8. «Sochlarimni haftada 2 marta yuvaman, shampunning o`zida emas, suv bilan aralashtirib yuvaman. Yuvishdan oldin esa soch tomirlariga zaytun yog`idan suraman».
  9. «Sevimli rangim – tim qora».

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!