2016 yilning eng hayratlanarli 13 kashfiyoti

12:35, 26 sentabr

Har kuni biror yangi kashfiyot ixtiro qilingandan, odam ularning barchasiga egalik qilishni istab qoladi. Kechagina kitoblardagi fantast yozuvchilarning xayolot mahsuli bo`lgan narsalar bugun real voqelikka aylanmoqda. Quyida mazkur yilning yangi 13 kashfiyoti bilan tanishtiramiz.

Uchuvchi bonsay
O`simliklar hamon oddiy tuvakda o`syaptimi? “Axir biz kelajakda yashamoqdamiz, tuvaklar parvoz qilishi lozim”, dedi Hoshinchu kompaniyasi va kelajakda har bir xonadonda mavjud bo`ladigan uchuvchi tuvaklarni yaratdi.

Samolyot ichidagi samo
Agar samolyotda uzoq vaqt uchadigan bo`lsangiz, zerikib qolishingiz mumkin. Buni hisobga olgan Boeing kompaniyasi poli va shiftiga ekran o`rnatilgan samolyotlarni ishlab chiqardi. Ekran orqali tungi samoni va bulutlarni tomosha qilish mumkin bo`ladi. Bunday samolyotning saloniga kirsangiz, hayratdan og`zingiz ochilishi tabiiy holdir.

Qog`ozni qayta ishlovchi mobil mashina 
Qog`ozni qayta ishlash jarayoni ko`p vaqt va anchagina quvvat sarflashni talab qiladi. Bu muammoni hal etish uchun Yaponiyaning Epson kompaniyasi, bir necha soatda qog`ozni qayta ishlovchi kichkina mashinani ixtiro qildi. Asosiysi bunday mashinaga bir tomchi ham suv ishlatilmaydi. Bu qurilma har bir idoraga o`rnatilsa, maqsadga muvofiq bo`ladi.

Samolyotdagi qutqaruv korpusi
Parvoz vaqtida xavfsizlikni ta`minlash birinchi darajali ahamiyatga egadir. Shuning uchun olimlar parvozni qulay va xavfsiz o`tkazish uchun yangi tizimni ixtiro qilishdi. Ukrainalik injener Vladimir Tatarenko samolyot falokatga uchraydigan bo`lsa, yo`lovchilar o`tirgan bo`lim alohida ajralib, har qanday balandlikdan erga xavfsiz qo`nish choralarini ko`ruvchi tizimni o`ylab topdi.

Ko`zi ojizlar uchun mo`ljallangan planshet 
Bu planshet yordamida ko`zi ojiz insonlar minglab kitoblarni o`qishlari mumkin. Planshetning ichiga ko`plab mayda sensorlar o`rnatilgan bo`lib, ular sirtdan bo`rtib chiqqan nuqtalar yordamida harflarni hosil qiladi.

Tirik komikslar
Texnologiya rivojlangani sari san`at ham bir joyda to`xtab qolmadi. Rassomlarning boomcori hamjamiyati tirik komikslarni yaratdi. Planshetning kerakli sahifasini ochsangiz, undagi personajlar harakatlanib, tilga kiradi, jonlanadi. Endi tirik komikslardan ko`z uzishning iloji bo`lmaydi.

Haydovchilar uchun do`kon
Dahir Insaat kompaniyasi xodimlari dunyoda ilk marotaba haydovchilar uchun mo`ljallangan Drive Market nomli savdo do`konini ishga tushirdi. Bu erda haydovchilar mashinalaridan tushmagan holda, qisqa muddatda savdo qilishlari mumkin. Qiziq, u erga piyoda borganlarga xizmat ko`rsatish qanday amalga oshirilar ekan? 

Egiluvchan, judayam yupqa ekran
Televizor ishlab chiqaruvchilar juda ham yupqa ekranga ega bo`lgan televizorni ixtiro qilishdi. Endi uni osongina buklab, o`zingiz bilan olib yurishingiz mumkin.

Butun boshli daraxtlarni ko`chiruvchi mashina
Bu mashina “Gollandiyalik” deb nomlanib, bir necha lahzada qisqichlari bilan butun boshli daraxtlarni ko`chirib o`tqazish xususiyatiga egadir. Bundan daraxtlarga shikast etmaydi, uni bemalol boshqa joyga qayta o`tqazish mumkin.

Daryo tozalagich
“Har qanday sharoitda ham ekologiya haqida qayg`urishimiz lozim”, deb Seabinproject kompaniyasi xodimlari suvni axlatdan tozalovchi maxsus qurilmani yaratishdi. Bu kashfiyot juda jo`n ko`rinsa-da, ammo juda zarur ixtirolardan biri hisoblanadi. Nega bu haqda ilgari hech kim o`ylamadi ekan?

Hoverboard platformasi
Biz ilgari “Kelajakka qaytish” filmidagi xoverbord haqida ma`lumot bergan edik. Skeytlar kamligi uchun injenerlar ArcaBord nomli Er uzra parvozni amalga oshirishingiz mumkin bo`lgan butun boshli platformani yaratishdi.

Magic Leap nomli ulkan gologrammalar
Maktab ichkarisida suzib yurgan ulkan kitdan ham g`aroyibroq narsa bo`lishi mumkinmi? Magic Leap qurilmasi nafaqat bahaybat dengiz hayvonlarini, balki quruqlikda yashaydigan ajdarho, fillar va butun boshli boshqa olamlarni ham jonlantira oladi.

O`t o`chiruvchi bomba
Bu bombacha har bir xonadonda va har bir avtomashinaning yukxonasida bo`lishi zarur. O`zi kichkina bo`lsa-da, katta yong`inlarni o`chirib, odamlarning hayotini saqlab qolishga qodirdir.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!