Er atmosferasidan kislorod yo`qolmoqda

14:03, 26 sentabr

Olimlar Er atmosferasi kislorod yo`qotayotganini aniqlashdi. Hayot uchun zarur bo`lgan gaz miqdori so`nggi 800 ming yilda 0,7 foizga kamaydi. Olimlarning ushbu xulosalari Science jurnalida chop etildi.

Er yuzida hayot paydo bo`lishidan oldin sayyoramizda kislorod umuman bo`lmagan. Sianobakteriylar paydo bo`lgandan so`ng uning konsentrasiyasi o`sa boshlagan. So`nggi yuz million yil davomida sayyoramizning havo qatlamida gaz miqdori bir maromda bo`lgan.

Olimlar kislorod izotopi va azotning o`zaro nisbatini aniqlashdi, hayot uchun zarur gaz miqdori salkam bir foizga kamaydi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!