Avstraliyalik ayol superqahramon kostyumini kiyish uchun 70 kiloga ozdi

14:09, 26 sentabr

Avstraliyaning Pert shahrida yashovchi ayol o`zining superqahramonlar kiyimidagi suratini ko`rganidan so`ng ozishga qaror qildi, deb yozadi “Lenta.ru”.

Har doim komikslarga qiziqqan 37 yoshli Keysi Gemmel 159 kilo vaznga ega edi. Farzandlarining birining tug`ilgan kunida ayol superqahramon kiyimini kiymoqchi bo`ldi. unga eng katta 5XL o`lchovli kostyum loyiq keldi. Keyinchalik u o`zining mazkur kostyumdagi suratlarini ko`rdi va ozishga qaror qildi. “Tug`ruqlardan so`ng  semirib kteganimni bilardim, lekin vaziyat bu darajada yomon ekanligini bilmasdim”,—deydi u.  

Gemmelning aytishicha, u sport bilan shug`ullanmas va fast fud iste`mol qilar edi. U o`z taomnomasini o`zgartirdi, fitness bilan shug`ullana boshladi va natijada 88 kilogramm vaznga ega bo`ldi. u shuningdek, osilib qolgan terini korreksiya qildirish uchun jarrohga murojaat qilmoqchi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!