“Kamolot-tur” IX yoshlar velomarafonining Toshkent shahar bosqichi bo`lib o`tdi

14:14, 26 sentabr

Poytaxtimizda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati ekologik toza transport tarafdori” shiori ostida “Kamolot-tur” IX yoshlar velomarafonining Toshkent shahar bosqichi bo`lib o`tdi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda

2008 yildan buyon an`anaviy tarzda o`tkazib kelinayotgan “Kamolot-tur” velomarafoni yoshlarning sportga, xususan, velosportga qiziqishini oshirish, ularni jismonan sog`lom, ruhan tetik qilib tarbiyalashda muhim omil bo`lmoqda. 

Musobaqaning Toshkent shahar bosqichida ikki yuzga yaqin havaskor velosportchi ishtirok etdi. 9-14 yoshli ishtirokchilar o`rtasidagi bahslarda Bektemir tumanidan Fazliddin Ro`zimov g`alaba qozondi. 

Mirzo Ulug`bek tumanidan Daniil Vostryakov 15-17 yoshli velosportchilar o`rtasida, Javohir Egamberdiev esa 18-30 yoshli velomarafonchilar o`rtasidagi musobaqalarda birinchi o`rinni egalladi. 

Musobaqa ishtirokchilari turli nominasiyalar bo`yicha faxriy yorliq va sovg`alar bilan taqdirlandi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!