Andrey Arshavin qozog`istonlik jurnalistga sartaroshlik xizmatini taklif qildi (Video)

14:15, 26 sentabr

Rossiya terma jamoasining sobiq a`zosi, Qozog`istonning “Kayrat” klubi hujumchisi Andrey Arshavin qozog`istonlik jurnalistlardan birining sochini qirishga tayyor ekanini ma`lum qildi.

Qozog`iston chempionati start olishidan avval mahalliy jurnalist – Petr Volikov Arshavin mavsum davomida kamida 8 ta gol kiritsa, sochini kalga oldirishga va`da bergandi. Rossiyalik futbolchi 8 ta gol kiritib bo`ldi va jurnalist va`da qilinganidek o`z sochini qirdirishi kerak bo`ladi.

E`tiborlisi, Arshavinning o`zi bu gaplarni unutmagan va Petr Volikovning sochini o`zi olishga tayyor ekanini ma`lum qildi. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!