“Gormonlar sabab ovoz o`zgaradimi?”

15:03, 26 sentabr

–  Ehtimol savolim erish tuyular, ammo o`smir yoshidagi qizimdan havotirdaman. Yaqin kunlardan beri ovozi dag`allashib borayotganini sezayapman. Vaholanki ilgari bunday bo`lmagan. Shamollash, tomoq og`riqlari yo`q. Balog`at davridagi o`zgarishlarga yo`ysam, o`ylanib qolayapman agar bu gormonlar ta`sirida bo`lsa o`tib ketarmikan? Umuman, bu yoshda ovoz yo`g`onlashishi mumkinmi?
Charos Otajonova, Samarqand viloyati 

 
–  O`smirlik davrida gormonlarning sekretor maromi buziladi. Ya`ni gormonlar ko`payishi mumkin. Bu esa ayrim hollarda ovoz dag`allashishiga sabab  bo`ladi. Ammo bu vaqtinchalik holat. Bordiyu ovoz yo`g`onlashishi balog`at davridagi o`zgarishlarni istisno etgan holda qalqonsimon bez kasalliklari ovoz paychalarining zararlanishi kabilar bilan bog`liq bo`lsa, tibbiy tekshiruvdan o`tish talab qilinadi. Diqqat qiling, agar qizingizda semirish, soch to`kilishi, ich qotishi, terisining quruqlashishi, hayzning buzilishi kabilar ham kuzatilayotgan bo`lsa, qalqonsimon bezning UTT tekshiruvi bilan birga gormonlar tahlili ( TTG erkin T4) ni ham bajarish lozim. Tibbiy xulosa natijasiga ko`ra lozim topilsa, zarur muolajalar buyuriladi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!