“Kamalak” yulduzlari” festivaliga arizalar qabul qilinmoqda

15:45, 26 sentabr

“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, Yoshlar tashabbuslari markazi va O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi hamkorligida har yili o`tkaziladigan “Kamalak” yulduzlari” bolalar ijodiyoti festivalida ishtirok etish uchun arizalar qabul qilinmoqda. 

Festivalda 6 yoshdan 14 yoshgacha bo`lgan iqtidorli bolalar ishtirok etishi mumkin.

Festival uchun o`tkaziladigan tanlov fortepiano, torli-kamonli, damli va zarbli cholg`u asboblari, milliy va akademik ijro, estrada, folklor va xor guruhlari, kamonli, damli va zarbli xalq cholg`u asboblari, milliy, ball va zamonaviy raqslar, tasviriy va amaliy san`at, adabiyot kabi yo`nalishlarda o`quvchilarning ijodiy  mahoratini aniqlash imkonini beradi.

Arizalar shu yilning 15 oktyabriga qadar  «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati, uning tuman va shahar bo`limlarida qabul qilinmoqda.

Har bir bosqichda yo`nalishlar bo`yicha eng yaxshi natijalarga erishgan ishtirokchilar sertifikatlar, diplomlar va esdalik sovg`alari bilan rag`batlantiriladi. 

Festivalning final bosqichi 2016 yilning dekabr oyida bo`lib o`tadi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!