«Aeroflot» xodimi kompaniyaning 21 mln rubl pulini o`margani uchun qamaldi

16:55, 26 sentabr

«Aeroflot» ning qurilish departamenti direktori Andrey Sharikov kompaniyaning 21 mln rubl pulini o`margani uchun hibsga olindi.

Tergov tahminiga ko`ra, aviakompaniya xodimi va u til biriktirgan tadbirkorlar aviakompaniya elektr quvvati harajatlarini ko`paytirib ko`rsatib kelgan. Oqibatda «Energoxolding» MChJ tomonidan ko`rsatilmagan xizmatlar uchun «Aeroflot»ga 21 mln rubldan ortiq moddiy zarar etkazilgan".

Ushbu jinoyatni sodir etgan kompaniya xodimi va uning hamtovoqlariga nisbatan jinoiy ish qo`zg`atilgan.

Kompaniya matbuot xizmatidan TASSga xabar berilishicha, kompaniya ushbu firibgarlik ishi bo`yicha tergovga faol yordam bermoqda.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!