Gollivud aktyori Tom Xenks kelin kuyovning fotosessiyasiga “xalal berdi”

10:07, 27 sentabr

Amerikalik aktyor Tom Xenks Nyu-Yorkdagi Markaziy xiyobonda yugurish paytida Rayan va Elizabet ismli kelin kuyovlarning to`y fotosessiyasida ishtirok etdi, deb yozadi “Tjournal”.

Kelin kuyovlarni suratga olayotgan fotograf xiyobonda yugurib yurgan kishining tezroq o`tib ketishini kutib, fotoapparatini pastga tushirib turdi. Biroq, yugurayotgan kishi yaqinroq kelganda uning taniqli aktyor ekanligi ma`lum bo`ldi. 

Xenks kelin kuyovlarni tabrikladi va ular bilan suratga tushdi, hatto bu suratlarni o`zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida e`lon qildi.

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!