Xillari Klinton va Donald Trampning debatlari shaxsiyatga ham o`tib ketdi

10:17, 27 sentabr

Iqtisodiyot, xavfsizlik va irqiy tafovutlar haqida munozaralar o`zaro ginalar va shaxsiy ayblovlarga ko`chdi. Xillari Klinton va Donald Tramp AQSh prezidentligiga nomzodlarning uch bosqichdan iborat debatlarning birinchisini o`tkazishdi, deya xabar beradi Euronews. Istalmagan holda bir-biriga qo`l uzatgan siyosatchilar avvaliga iqtisodiyot va fiskal siyosat bilan boshlanib, tezlik bilan milliarderning shaxsiy soliq ishini muhokama qilishga o`tdi. Klinton Tramp g`aznaga pul to`lamasligini ma`lum qildi.

Donald Tramp, AQSh prezidentligiga nomzod:

“Men advokatlarimning fikriga qarshi chiqib bo`lsada soliq deklarasiyalarimni ko`rsataman, faqat buning uchun u o`chirib tashlagan 33 ming i-meylini oshkor qilsin”.

Xillari Klinton, AQSh prezidentligiga nomzod:

“Nimaga u o`zining soliq deklarasiyalarini ko`rsatmaydi? Men bunga ikkita sabab bo`lishi mumkin deb o`ylayman: Birinchidan, u o`zi aytayotganchalik boy emas. Ikkinchidan, u hayriya ishlariga mablag` ajratmaydi. Yoki bo`lmasa Amerika xalqi uning federal byudjetga soliq to`lamasligini bilib qolishidan qo`rqadi”.

Xavfsizlik va xalqaro kiberjinoyatga bag`ishlangan yarim soat ham huddi shunday shaxsiy sifatlarning muhokamasi bilan tugadi.

Xillari Klinton, AQSh prezidentligiga nomzod:

“Uning yadro qurollarga yondoshuvi odamni havotirga soladi. Tviterdagi post bilan g`azabini keltirish mumkin bo`lgan odamga yadro kodlarini ishonib bo`lmaydi”.

Donald Tramp, AQSh prezidentligiga nomzod:

“Uning prezidentlarga xos qiyofasi yo`q, uning prezident bo`lishga kuchi ham etmaydi. U bunga qodirligiga ishonmayman”.

Debatlar doirasida Klinton yana bir bor Rossiyani Amerika serverlariga kiberhujumda aybladi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!