Rustam Umarov: Bunday yirik turnirlarda yana qatnashishni istayman

11:27, 27 sentabr

Portugaliyaga qarshi guruhdagi so`nggi o`yin yakunlanishiga to`rt daqiqa qolganida Xose Mariya Mendes Rustam Umarovni zaxiraga oldi va maydonga boshqa o`yinchini tushirdi. Bu paytga kelib, O`zbekiston Portugaliyaga 1:4 hisobida mag`lub bo`layotgan va Xose Mariya Mendes maydonga ortiqcha o`yinchini tushiriga majbur bo`ldi. Rustam Umarova va O`zbekiston terma jamoasi uchun Jahon chempionati bahslari guruh bosqichida yakunlandi, deb xabar bermoqda O`FF. 

“Men darvozamdan to`rtta gol o`tkazib yuborganimdan qattiq g`azabda edim. Jamoamga yordam berma olmayotganimdan o`zimni qo`yarga joy topa olmayotgan edim”, - dedi Olmaliq klubi darvozaboni o`yindan so`ng FIFA rasmiy saytiga bergan intervyusida. G`azab ohangida aytilgan ushbu so`zlardan shuni anglash mumkin ediki, o`zbekistonlik darvozabon terma jamoasining 1:5 hisobidagi mag`lubiyatidan qattiq g`azabda edi. So`nggi o`yindagi yirik mag`lubiyatga qaramay, O`zbekiston terma jamoasining guruh bosqichidagi o`yini ko`pchilikda katta taassurot qoldirdi. Ular Portugaliyaga qarshi o`yingacha ham keyingi bosqich yo`llanmasi uchun kurashayotgan va bu imkoniyatni saqlab turgani tahsinga sazovor.

Portugaliyaga qarshi o`yinning so`nggi daqiqalarida Xose Mariya Mendes asosiy darvozabon Rustam Umarovni almashtirishga qaror qilishi tushunarli qaror edi. Rustam Umarov asabiy holatda bo`lsa ham, bu qarorni to`g`ri qabul qildi. Boisi, terma jamoa bosh murabbiyi ikkinchi darvozabon Akmal Hazratqulovga imkon berib, bir necha daqiqaga bo`lsa ham unga Jahon chempionati havosidan bahramand bo`lishga imkon bergan edi.

O`zbekiston terma jamoasi Kolumbiya mezbonlik qilgan Jahon chempionatida o`z tarixida ilk bor bunday turnirda ishtirok etdi. Bu xuddi Umarov kabi uning boshqa jamoadoshlari uchun yoshlikdagi orzu edi. “Albatta, biz turnirda yaxshiroq etishni va yaxshiroq natija ko`rsatishni istagan edik. Ammo, biz guruhda o`z o`yinimizni ko`rsata olmadik”, - deydi O`zbekiston terma jamoasi darvozaboni.

Kutilgan tajriba

Mezbon Kolumbiyaga qarshi ajoyib o`yin namoyish etgan O`zbekiston terma jamoasi ko`pchilikning olqishiga sazovor bo`ldi. O`zbekiston terma jamoasi darvozaboni Rustam Umarov mazkur o`yinda ham, guruhning qolgan o`yinlarida ham ajoyib o`yin namoyish etdi. Darvoqe, Rustam Umarovni juda tezkorligi va chaqqonligi uchun jamoadoshlari “o`rgimchak odam” deb chaqirishadi va bu bejizga emasligini darvozabon o`z o`yini bilan isbotladi. O`zbekiston guruhning barcha uchrashuvlarida ajoyib o`yin namoyish etdi. Kolumbiyaga qarshi o`yindagi 3:3 hisobi esa, uzoq vaqtgacha esda qolishiga shubha yo`q. “Bu terma jamoamiz uchun ajoyib o`yin bo`ldi. Aytishim mumkinki, men ham ushbu o`yindagi o`yinimdan qoniqdim”.

Moskvaning SSKA klubi sobiq darvozabonining so`zlari samimiy ekaniga shubha yo`q. Kolumbiyaga qarshi o`yinda Umarov fantastik o`yin namoyish eta oldi. Portugaliyaga qarshi so`nggi tur uchrashuvida ham, Rustam Umarov o`yinni ajoyib tarzda boshladi va portugaliyaliklarning juda ko`p havfli zarbalarini qaytardi. Ayniqsa, Fabio Sesilioning 10-daqiqadagi zarbasini akrobatik tarzda qaytarishga erishdi.

Darvozabonning ajoyib harakati va reaksiyasi uning ajoyib akrobatik ko`rsatkichlarga ega ekanini ko`rsatib turibdi. Uning ajoyib reaksiyasi, uning yoshlikda badiiy gimnastika to`garagida shug`ullangani bilan izohlash mumkin. To`pni qaytarishdagi tezkorlik, tajriba va ko`p harakatlar aynan yoshlikdagi mashqlar mahsulidir.

Rustam Umarov o`zi bilan yoshlikdagi suratlarini ko`rsatdi va unda hali juda yosh bolakayning futzalda mashqa qilayotganini ko`rish mumkin. “Balki bizda tayyorgarlik uchun vaqt kamlik qilgan bo`lishi mumkin. Ammo, kelajakka yaxshi umidlar bilan qadam qo`yishga barcha asoslarimiz bor. Biz Jahon chempionati kabi katta turnirda ishtirok etdik va bu katta baxt. Men hali terma jamoadagi faoliyatimni yakunlash niyatim yo`q. Terma jamoa bilan ko`plab yutuqlarga erishishni va Jahon chempionati kabi yirik musobaqalarda yana terma jamoa safida maydonga tushishni istayman”, - deydi Rustam Umarov.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!