Lola: “Tanovar”— bolalik xotiralarimni yodga soladi”

12:37, 27 sentabr

Xonanda Lola bolalik xotiralarini so`zlab berdi.

“Konsert 2014. ‘Tanovar’ Istig`for raqsi. Bolaligimda har yozni Xorazmda buvim bilan o`tkazar edim. Bu qo`shiq bolalik xotiralarimni yodga soladi. Bog`dagi tokzorni eslayman. Kuzda uzumlar pishar va bosh-bosh bo`lib osilib turar edi.

Biz har kuni suv tashiydigan quduq ham esimda... Har kuni tongda esa biz Xorazm nonlarini yopar edik.  Men xamirda teshik qilishni yaxshi ko`rardim. Men buvimni sog`inaman.  Baxtning mana shu holatini sog`inaman...”,—deb yozib qoldirdi Lola o`zining Instagram`dagi sahifasida.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!