Manzuraning sobiq ma`muri Jasur Umirov bilan ish boshladi

12:49, 27 sentabr

Xonanda Manzuraning  ma`muri Jamshid endi Jasur Umirov bilan hamkorlikda ishlamoqda. Bu haqda san`atkorlar Instagram orqali xabar bermoqda. 

Manzuraning o`zi esa “Darakchi” gazetasiga bergan intervyusida ma`muri o`zgarganiga quyidagicha izoh bergan edi: 

“Bizning hayotimizda hammaning o`z vazifasi bor. Oldingi ma`murimning ham men bilan ishlash vaqti o`z yakuniga etgandan so`ng, u bilan xayrlashdik.  Hozir ko`pni ko`rgan, san`atni tushunadigan, iqtidorli san`atkor, yigirma yillik  do`stim Nodir bilan hamkorlikni boshladik”.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!