Xorijga parvoz: Farzandingizni yolg`iz jo`natmoqchimisiz?

12:56, 27 sentabr

So`nggi paytlarda goh o`qish,  goh yumush, yoki sayohat sabab chet elga parvoz qilayotganlar soni ortib bormoqda. Aviaparvozning ham ma`lum tartib va qoidalar ham mavjud, masalan voyaga etmaganlarni mustaqil xorijga chiqishi masalasi. Xo`sh, voyaga etmagan shaxslar ota-ona yoki biror qarovchisiz samolyotda parvoz qila olmaydimi? Bu borada mavjud tartib va qoidalar qanaqa? Shuningdek, farzandini chet elga jo`natayotganlar uchun  qanday engilliklar bo`lishi mumkin? Bu kabi savollarga “O`zbekiston Havo yo`llari” MAK bosh birektorning birinchi o`rinbosari A.Akbarov orqali oydinlik kiritamiz. 

15 YoShGAChA BO`LGANLARGA “HAMROH” BO`LIShI ShART!
—  15 yoshgacha bo`lgan bolalar "O`zbekiston havo yo`llari" Milliy aviakompaniyasi samolyotlarida xorijga kuzatib boruvchi shaxs hamrohligida belgilangan tartibda uchishi mumkin. Tartibga ko`ra, O`zbekiston Respublikasi bilan vizasiz rejimga ega bo`lgan davlatlarga uchish vaqtida bolaning pasportida O`zbekiston Respublikasi IIV ChKvaFRB bo`linmasining bolani kuzatib boruvchi shaxshaqidagi ma`lumot ko`rsatilgan «Hamrohlik qiluvchi shaxs» shtampi bo`lishi kerak. O`zbekiston Respublikasi bilan viza rejimiga ega bo`lgan davlatlarga uchish vaqtida pasportdagi "Ruxsat beruvchi yozuv" stikerida hamrohlik qiluvchi shaxs haqida ma`lumotlar ko`rsatilgan bo`lishi kerak.

15-18  YoShLILARGA ESA NOTARIAL TASDIQLANGAN ROZILIK ASOSIDA
—  O`zbekiston Respublikasining voyaga etmagan 15 yoshdan 18 yoshgacha bo`lgan fuqarolari ota-onasi yoki vasiylarning voyaga etmagan shaxsning mustaqil xorijga chiqishi uchun notarial tasdiqlangan roziligi asosida aviabilet xarid qilishi va mamlakatimiz xududidan tashqariga chiqishi mumkin.

Maqolaning to`liq talqinini “Darakchi” gazetasining payshanba kuni sotuvga chiqadigan 39-sonida o`qishingiz va mavzu yuzasidan o`zingizni qiziqtirgan barcha savollarga javob olishingiz mumkin.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!