O`zbekistonda ichki ishlar xodimlariga g`ayriqonuniy tinch namoyishlarni bartaraf etishda qurol qo`llash taqiqlandi

14:25, 27 sentabr

O`zbekiston ichki ishlar idoralari xodimlari kuch ishlatmasdan, jamoat tartibini buzmasdan o`tkazilayotgan g`ayriqonuniy yig`ilishlar, mitinglar, namoyish, ommaviy chiqish va piketlarni bartaraf etishda maxsus vositalar, shu jumladan, gazli va shikastlantiruvchi qurol qo`llashi taqiqlanadi. Bu haqda “Daryo” xabar bermoqda.

Joriy yil 16 sentyabr kuni O`zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoev imzolagan «Ichki ishlar organlari to`g`risida»gi qonunda ana shu talab ilgari surilgan. Qonunda jinoyatlarga chek qo`yish va ichki ishlar organi xodimining qonuniy talablariga qarshilik ko`rsatilishini bartaraf etish uchun jismoniy kuch ishlatishga izn beriladi.

Ammo har qanday holatda ham odamning boshiga, bo`yniga, o`mrov suyagiga, qorniga, jinsiy a`zolariga, yurak sohasiga rezina tayoq bilan zarbalar berish taqiqlanadi. Mazkur qonun rasmiy e`lon qilingan kundan olti oy keyin kuchga kirishi belgilangan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!