Meksikada 300 yillik mo`miyolangan jasad “tirildi”(Video)

15:13, 27 sentabr

Meksikaning Gvadalaxar shahridagi bosh cherkovdagi muqaddas Inoseniyaning 300 yil avval mo`miyolangan jasadi diniy marosim paytida ko`zlarini ochdi, deb yozadi “Vesti”. 

Bu sirli kadrlar kameralarga muhrlandi. 

YouTube`ga  joylangan bu videoni na jurnalistlar, na boshqa kasb mutaxasislari izohlab bera olmayapti. Rolik muallifi ham XVIII asrda vafot etgan qiz qanday qilib ko`zlarini ochganini anglay olmayapti. Ayrim internet foydalanuvchilari rolikning haqiqiyligiga shubhalanmoqda. Boshqalar esa mo`miyolangan jasadning ko`zini ochishi qandaydir mistik belgi ekanligini aytmoqda. Taxminlarga ko`ra, muqaddas Ineseniyani otasi cherkovga bormoqchi bo`lganida pichoqlab o`ldirgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!