Ulkan rezina o`rdak Glazgodagi ko`chalardan birida avtomobillar tirbandligini keltirib chiqardi(Video)

15:40, 27 sentabr

Shotlandiyaning Glazgo shahridagi ko`chalardan birida bahaybat rezina o`rdakcha paydo bo`ldi, deb xabar bermoqda “Vesti”. O`rdakcha ko`chadagi avtomobillar harakatini cheklab qo`ydi.  Mazkur kulguli hodisa aks etgan foto va video ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirildi.  Videoda ko`cha bo`ylab “sayr qilayotgan” o`rdakchani ko`rish mumkin. 

Internet foydalanuvchilarining  taxmin qilishicha, o`rdakcha dilerlik markazlaridan birining oldiga o`rnatilgan, biroq kuchli shamol uni uchirib ketgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!