Isroildagi kompaniyalardan biri parkovka reklamasida Putin siymosidan foydalandi(Video)

16:34, 27 sentabr

Isroildagi Pango kompaniyasi mobil dasturi yordamida parkovka uchun pul to`lash imkonini beruvchi yangi xizmat turini ishga tushirdi. Mazkur xizmatni esa Rossiya prezidenti Vladimir Putin reklama qiladi, deb yozadi “Tjournal”

Rolikda Putin o`z qiziga parkovda joy topishga yordam beradi.     

Ya`ni prezidentning qizi qizil kabrioletda Moskva bo`ylab harakatlanadi va parkovkadan joy topishga qiynaladi. U Suriyada bo`lgan otasiga qo`ng`iroq qiladi. putin tankda kelib, qiziga parkovkadan joy topib beradi. 

“Biz sizning muammolaringizni Putindek hal qilib beramiz”,— deydi rolik mualliflari.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!