Shohruhxon yangi klipida va`dasining ustidan chiqdi(Video)

20:58, 27 sentabr

Xonanda Shohruhxon bugun “Aldamadim” qo`shig`iga ishlangan klipni taqdim etdi.

Yangi klipni Rustam Murodov va Dilmurod Agzamov suratga olgan. Klipdagi bosh qahramon obrazini Shohruhxonning o`zi yaratgan. Uning partneri esa har doimgidek Asal Shodieva emas, balki boshqa aktrisa.

Klipda Buxoro viloyatidan poytaxtga kelib ijod qilgan va mashhurlikka erishgan xonanda haqida hikoya qilinadi. U poytaxtga ketish oldidan sevgan qiziga mashhur bo`lib qaytib kelishga va`da beradi va klip so`ngida va`dasining ustidan chiqadi. Romantik sahnalarga boy klipni quyida tomosha qilishingiz mumkin.

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!